“Nasaf” ertaga oq libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2017
Bugun Saudiya Arbaistonining Al-Ahsa shahridagi “Abdulla Bin Jalavi” stadionida har ikkala klub menedjerlari va rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi.

Mitingda ertangi uchrashuvda  jamoalar qaysi liboslarida maydonga tushishlari haqida ham kelishib olishdi.
 
Demak, ertaga “Nasaf” oq liboslarda maydonga tushishadi. Mezbonlar – “Al-Fath” jamoasi futbolchilari esa ko'k liboslarda harakat qilishadi.
 
Jamoamiz vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani  bugun,  soat 19:00da boshlanadi. Unda jamoamiz bosh  murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich bilan birga, hujumchimiz Dragan Cheranlar ishtirok etishadi.
 
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston) uchrashuvi ertaga, 7 feral kuni bizning vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz