"Nasaf" bugun Qozog'iston emas Turkiya klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2018
“Nasaf” bugun Turkiyada Qozog'iston Premer-Ligasining “Aqjayiq” klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishi rejalashtirgan edi.

Ammo bu uchrashuv ma'lum sabablarga ko'ra, bekor qilindi. Bu haqda "Nasaf" klubi rasmiy sayti xabar berdi. Shu bois, boshqa jamoa bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishga o'zaro kelishildi. “Ajdarlar”  bugun Turkiyaning “Tarsus Idman Yurdu” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadigan bo'lishdi.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz