"Nasaf" braziliyalik yarim himoyachiga taklif bilan chiqdi

Khoja
23 iyul 2025
"Nasaf" Akmal Mozgovoyga o'rinbosar topdi.

Qarshiliklar Ozarbayjon chempionati vakili "Araz" jamoasi yarim himoyachisi Vandersonga taklif bilan chiqishgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, 30 yoshli futbolchi ikkinchi davrani yurtimizda davom ettiradi.

Vanderson 2023 yildan beri "Araz" jamoasida harakat qiladi. U o'tgan oy jamoasi bilan yangi shartnoma imzolagan. Kelishuv kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 600 ming evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia