"Nasaf" Antaliyada

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketgan Qarshining "Nasaf" klubi delegaciyasi "Kamelia" mehmonxonasiga joylashgan.
Bu haqida "ajdarlar"ning tvittyerdagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Ayni paytda "Nasaf" jamoasi futbolchilari Antaliyadagi ilk mashg'ulotlarini boshlab yuborishgan - deyiladi xabarda.

“Nasaf”ning Antaliyadagi nazorat uchrashuvlari  jadvali quyidagicha:

25 yanvar – “Gabala” (Ozarboyjon)

28 yanvar – “Gurnik (Polsha)

31 yanvar – “Korona” (Polsha)

4 fevral – “Dinamo” (Gruziya)

8 fevral – “Zlate” (Slovakiya)

Manba: championat.asia