

Bu yilgi mavsumda “Nasaf-2” jamoasi tarkibida ko'plab o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz.
Shuningdek murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'ldi. Muqaddam “Nasaf”, “Buxoro”, “Mashal” hamda “Neftchi” klublarida to'p tepgan va ayni paytda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Nasim Shoimov yangi mavsumdan Nurali Sultonovga yordam beradi.
Hozirgi kunda murabbiylar asosiy e'tiborini futbolchilarning jismoniy tayyorgarliklariga qaratgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Birinchiligi 1 apreldan boshlanadi. Shu kuni “Nasaf-2” safarda “Xotira-79” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 2 aprel kuni esa Toshkentda “Lokomotiv-BFK” bilan 2-tur uchrashuvini o'tkazadi.
“Nasaf-2” uy uchrashuvlarini Qarshida 3-tur uchrashuvidan boshlaydi.




