"Napoli"ning 19 yoshli futbolchisi vafot etgan buvisidan kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 13:25
"Napoli"ning 19 yoshli futbolchisi Janluka Gaetano 12 may kuni og'ir judolikka uchradi.

U jamoasi safida A Seriyaning 36-turida SPAL ga qarshi o'yinda debyut qildi, ammo bir necha soatlardan so'ng uning buvisi hayotdan ko'z yumdi. Napoli Today'ning ma'lumotlariga ko'ra, Gaetanoning yaqinlari futbolchining muvaffaqiyatini nishonlash uchun hovliga chiqishgan. Qo'shnilar esa shovqinni yoqtirishmagan. Ular futbolchining buvisi Karmela bilan janjallashishgan va policiyaga murojaat qilishgan. Keksa ayol esa yurak xurujidan vafot etgan.

"Siz mening debyutimni ko'rdingiz, lekin men sizni oxirgi marta ko'ra olmadim. Hammasi uchun rahmat. Kechiring, sizni so'nggi bora ko'rib, quchoqlay olmadim. Men sizni yaxshi ko'raman va siz doim mening yuragimda bo'lasiz", - deb yozadi Gaetano.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" SPAL ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Gaetano qo'shib berilgan daqiqalarida o'yinga qo'shilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/gianluca_gaetano70