

“Bu o'yinda men “Chelsi”ni qo'llab-quvvatladim. Men Sarri va Jorjinoga muxlislik qildim. Ularning g'alaba qozonganidan xursandman. O'yin tugashi bilan Mauricioni tabrikladim”,-deydi Aurelio de Laurentis.
Ma'lumot uchun, Jorjino “Napoli” safida to'p surgan bo'lsa, Sarri o'z vaqtida “Napoli”ga bosh murabbiylik qilgandi.



