"Napoli" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2022, 11:49
Neapol klubi darvozabon Aleks Meretning bitimi yana bir yilga uzayganini ma'lum qildi.

Posbon 2024 yilga qadar Italiya klubida qoladi. Shuningdek, ushbu kelishuvni yana bir yilga cho'zish imkoniyati ham shartnomada keltirib o'tilgan. 

Meret ushbu mavsum "Napoli" darvozasini 3 ta o'yinda qo'riqlab, 2 ta gol o'tkazib yubordi. Uning ishtirokidagi 1 ta o'yinda jamoa darvozasidan to'p olib chiqmadi.

Shuningdek, A Seriya klubi hujumchi Alessio Zerbin bilan 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzganini e'lon qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN