"Napoli" futbolchisi "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 dek 2020
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis yaqin vaqtlar ichida jamoasini almashtirishi mumkin.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Atletiko" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Matraschilar" futbolchining transferi uchun 50 mln evro ajratishga tayyor turibdi.

24 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda "Napoli" tarkibida 14 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo