"Napoli" futbol klubi PES'ning rasmiy hamkoriga aylandi

Alisher
29 apr 2021
Italiyaning "Napoli" futbol klubi Konami kompaniyasi bilan hamkorlik o'rnatilganini e'lon qildi.

Bitim 2021 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. Konami "SSC Napoli KONAMI Training Center" deb qayta nomlanadigan "Napoli" mashg'ulot markazining rasmiy hamkoriga aylandi.

2022/23 yilgi mavsumdan boshlab klub Pro Evolution Soccer futbol simulyatoriga eksklyuziv licenziyani taqdim etadi.

Konami 2020 yilning dekabrida "Lacio" bilan hamkorlikni e'lon qilgan, PES 2019 yilning avgust oyida esa "Yuventus"ning rasmiy hamkoriga aylangan edi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/sscnapoli