
Uzoq yillik tanaffusdan keyin "Napoli" yana chempionlikni nishonladi. Chempionlar Ligasi yangi mavsumida "Lacio", "Inter" va "Milan" harakat qilishadi. Yevropa Ligasiga esa "Roma" va "Atalanta" yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, Konferenciyalar Ligasida Italiya sharafini "Yuventus" himoya qiladi. A Seriyadan "Kremoneze" va "Sampdoriya" tushib ketgani aniq.
Yana bir omadsiz nomi esa "Verona" va "Speciya"ning o'zaro o'yinidan keyin ma'lum bo'ladi. Ushbu ikki klub oxirgi turda mag'lubiyatga uchradi va bir xil ochko jamg'ardi. Endi neytral maydonda pley-aut uchrashuvi guvohi bo'lamiz.
