​"Nant" Ranerining o'rniga boshqa murabbiy topib qo'yganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2018, 12:45
"Nant" prezidenti Valdemar Kita jamoaning yangi bosh murabbiyi Migel Kardoso bo'lishini ma'lum qildi.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, 46 yoshli murabbiy yaqin vaqtlarda Fransiyaga tashrif buyuradi va shartnomaga imzo chekadi. Kelishuvning bandlari hozircha ma'lum qilinmayapti.

Bungacha Kardoso "Riu Ave"ni boshqargandi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatining 5-pog'onasini qo'lga kiritgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe