"Nant" Ramazon ro'zasini tutgani uchun himoyachisini o'yin qaydnomasiga kiritmadi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2023
"Nant" jamoasi bosh murabbiyi Antuan Kombuare marokashlik himoyachi Jauan Xajamni Fransiya chempionati 29-tur doirasida "Reyms" bilan bahs qaydnomasiga kiritmadi.

Futbolchidan o'yin kuni Ramazon oyi ro'zasini tutmaslik talab qilingan, ammo u rad etgan.

Murabbiy futbolchidan o'yin kuni diniy amalini to'xtatib turishni so'ragan, lekin himoyachi bunga rozi bo'lmagan. 

Avvalroq Fransiya futbol Federatsiyasi o'yinldar vaqtida musulmon futbolchilar og'iz ochib olishi uchun o'yinlardagi qisqa tanaffuslarga qarshi chiqqandi. Aksincha, Angliyada ichki chempionat uchrashuvlarida ana shunday to'xtalishlarni joriy qilishgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia