"Nant" 9-raqamni muomaladan chiqardi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2019
"Nant" prezidenti Valdemar Kita vafot etgan jamoa hujumchisi Emiliano Sala o'ynagan 9-raqamni muomaladan chiqargani haqida ma'lum qildi.

"So'z topa olmayapman. Emiliano klubimiz tarixida o'z izini qoldirdi, shu sababli 9-raqamni muomaladan chiqarishga qaror qildim" - deydi Kita.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatgan edi.

Afsus. Emiliano Salaning halok bo'lgani rasman tasdiqlandi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnantes.com