Nainggolan "Yuventus" muxlisiga dastxat bermadi: "Sen noto'g'ri klubga muxlislik qilyapsan"

Tolibjon Qosimov
4 avg 2017
"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan yana "Yuventus"ga g'arazi borligini namoyish etdi.

AQSHda Rim klubi futbolchilari muxlislar uchun dastxat-sessiya uyushtirishdi. Belgiyalik futbolchi atrofida ko'plab ishqibozlar yig'ilib olishdi. Ularning biri "Yuventus" futbolkasida edi.

"Qanday qilib bu futbolkaga imzo qo'yaman? Sen noto'g'ri klubga muxlislik qilyapsan, og'ayni. "Yuventus" boshqa joyda to'xtagan" - deydi Raja.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: IFTV