Nainggolan "Roma"dan ketganiga afsus qilishini tan oldi

Alisher
26 avg 2022
"Antverpen" yarim himoyachisi Raja Nainggolan "Roma"dan ketganiga afsus qiladi.

Futbolchi 2018 yilning yozida jamoani tark etdi va "Inter" o'yinchisiga aylandi.

"Ushbu shahar meni qanchalik kuchli sevgani kabi, men ham uni shunday sevaman. "Roma"dan ketganimda, xatoga yo'l qo'ydim. Afsuski, hozirgacha afsuslanadigan qaror qabul qilganman", - deydi Nainggolan.

34 yoshli futbolchi "Roma"da 2013 yildan 2018 yilgacha o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: New Sound Level