

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "neradzurri" 30 yoshli xavbekning transfer narxini kelishib olsa bo'lgani. Oldinroq milanliklar belgiyalik uchun 35 mln evro to'lashi borasida ma'lumotlar berilgandi.
O'tgan mavsumda Raja "Roma" tarkibida 42 uchrashuvda qatnashib, 6 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi.


