Nainggolan - JCHga bormasligi haqida: "Ginnes uchun yana bir rekord"

Mirjalol Normatov
22 may 2018, 16:37
"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan Belgiya termasi bilan JCHga bormasligi haqida gapirdi.

"Bu Ginnes uchun yana bir rekord. Uyda qoldirilgan yagona top-futbolchiman. Martinesning aytishiga ko'ra, u termada tartib va balansni ushlab qolmoqchi ekan. Menda sheriklarim bilan umuman muammolar bo'lmagan. Martines haqida hech nima demayman, biroq men termada bo'lishim kerak edi", - dedi Nainggolan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru