Nainggolan: "JCH-2018 reklamasini televizordan tomosha qilish juda qiyin bo'lmoqda"

Mirjalol Normatov
1 iyun 2018
"Roma" yarim himoyachisi Raja Nainggolan Belgiya termasi bilan JCH-2018ga bormasligi og'ir botayotganini aytdi.

"Termaga olinmaganimdan keyin JCH-2018 reklamasini televizordan tomosha qilish juda qiyin bo'lmoqda. Albatta, siqilmaslikka va yaxshi xotiralarni eslab yurishga intilyapman. Avvallari 3 hafta dam olardim. Endi esa ko'proq dam olaman.

Martines Rimga kelganida meni termaga olmaslik uchun sabab qidirayotganini bilgandim. U meni yaxshi futbolchiligimni aytdi, biroq faqatgina "Roma"da yaxshi o'ynar ekanman, Belgiya termasiga boshqa foydam tegmas ekan. Biroq o'shanda u yakuniy qarorni qabul qilmaganligini tushuntirgandi", - dedi belgiyalik futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia