Nainggolan: "Inter" menga imkoniyat bermadi, "Kalyari"ga qaytganimdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
30 dek 2020
Yarim himoyachi Raja Nainggolan yaqin kelajakda faoliyatida 3-marta "Kalyari"da paydo bo'ladi.

Belgiyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishdan oldin ushbu o'tish borasida qisqacha izoh berdi.

"Inter" menga imkoniyat bermadi. "Kalyari"ga qayttganimdan xursandman, garchi bu hali rasmiy ravishda amalga oshmagan bo'lsa ham", – deydi Nainggolan ANSA'ga.

Raja Nainggolan ushbu mavsum Italiya chempionatida 4 ta o'yinda atigi 42 daqiqani maydonda o'tkazdi. Belgiyalik o'yinchi o'tgan mavsumda "Kalyari"da ijarada o'ynagan, ammo Sardiniya klubi futbolchini saqlab qolish bo'yicha kelishuvga erisha olmagandi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ANSA