Nagelsmann - YCHL yarim finaliga chiqqan tarixdagi eng yosh murabbiy. U hozir 33 yoshda

14 avg 2020, 09:11
“Leyptsig” parvozi davom etmoqda.

Yulian Nagelsmann qo'l ostidagi “Leyptsig” YCHL 1/4 finalida “Atletiko”ni 2:1 hisobida engdi va yarim finalga chiqdi. Nemis murabbiyi 33 yosh 21 kunligida ushbu natijani qayd etdi. Natijada Nagelsmann YCHL yarim finaliga jamoasini olib chiqqan eng yosh murabbiy sifatida tarixga kirdi.

Avvalroq Nagelsmanning o'zi 32 yosh 231 kunligida jamoasi bilan pley-off bosqichida g'alaba qozongan eng yosh murabbiy bo'lgandi.


Manba: Opta