Nagelsmann Bundesliga rekordini o'rnatdi

19 yanv 2019, 08:41
“Xoffenxaym” kecha Bundesliga 18-turi doirasida “Bavariya”ga (1:3) mag'lub bo'ldi.

Bu “Xoffenxaym” ustozi Yulian Nagelsmann uchun murabbiy sifatida Bundesligadagi 100-o'yini bo'ldi.

Shu tariqa Yulian bunday natijga erishgan eng yosh murabbiy bo'ldi. U kecha 31 yosh 179 kunlik edi.

Shuningdek, Nagelsmann o'rtacha ochko to'plash borasida ham eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib turibdi - 1,63.

“Xoffenxaym” ayni damda Bundesligada 7-pog'onada bormoqda.


Manba: Opta