Virjil van Deyk: "Nafaqat bosh murabbiy, balki butun shtabni yangilash kerak bo'ladi"

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2024
Himoyachi Virjil van Deyk "Liverpul"dan bosh murabbiy Yurgen Klopp ketgach, yangi mavsumda ham jamoada qolish-qolmasligi haqidagi savolga javob berdi.

"Yaxshi savol bo'ldi, ammo hozircha unga aniq javob bera olmayman. Yangi mavsumni "Liverpul"da boshlashim noma'lum.

Shartnomam tugashiga 18 oy qoldi? Ha, lekin kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Jamoa katta ko'lamdagi ishni bajarishi zarur. Nafaqat bosh murabbiy, balki butun shtabni yangilash kerak bo'ladi. Ko'p narsa o'zgaradi. Bu haqida rasman e'lon qilishgach, vaziyatga qaraymiz. Hozir yangi mavsumni aniq "Liverpul"da boshlayman, deb ayta olmayman".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com