

1962 yilda tavallud topgan mutaxassis futbolchilik faoliyatida "Tunis", "Gannover", "Bizert", "Afrikan" va "Al Ahli" klublarida ishlagan. Tunis milliy terma jamoasida 11 uchrashuvda maydonga tushgan. Murabbiylik faoliyatida "Tunis" klubi va milliy terma jamoada ishlagan. Oxirgi paytlarda milliy terma jamoani boshqarib kelayotgandi. Endi tajribali murabbiy "Al Jaish"ni boshqarishga kirishdi. "Nasaf"ning OCHL saralash bosqichidagi raqibi vaziyatni o'nglash uchun shunday qarorga keldi.



