MYUga 2ta gol urgan Ben-Yedder terma jamoaga chaqirildi. Fransiyaning Kolumbiya va Rossiyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Tolibjon Qosimov
15 mar 2018
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlariga chaqirilgan futbolchilar nomini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Fransiya Kolumbiya (23 mart) va Rossiya (27 mart) terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o'rin olishdi:

Darvozabonlar:
Alfons Areola (PSJ), Ugo Loris ("Tottenxem"), Stiv Mandanda ("Marsel");

Himoyachilar: Lyuka Din ("Barselona"), Lukas Ernandez ("Atletiko"), Loran Koselni ("Arsenal"), Presnel Kimpembe (PSJ), Benjamen Pavar ("Shtutgart"), Samuel Yumtiti ("Barselona"), Rafael Varan ("Real"), Jibril Sidibe ("Monako");

Yarim himoyachilar: Blez Matyuidi ("Yuventus"), Adrien Rabo (PSJ), Toma Lemar ("Monako"), Korenten Tolisso ("Bavariya"), N'golo Kante ("Chelsi"), Pol Pogba ("Manester Yunayted");

Hujumchilar: Vissam Ben-Yedder ("Sevilya"), Olive Jiru ("Chelsi"), Antuan Grizmann ("Atletiko"), Usman Dembele ("Barselona"), Antoni Marsyal ("Manchester Yunayted"), Kilian Mbappe (PSJ), Florian Toven ("Marsel").


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance