MYU Xollandga yuqori maosh taklif qildi

Mirjalol Normatov
24 dek 2019
"Manchester Yunayted" rahbariyati hujumchi Erling Xolland bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, mankunianliklar "Red Bull Zalcburg" hujumchisiga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Unga ko'ra, futbolchi jamoada haftasiga 200 ming funt (yiliga 10,5 million) maosh oladi.

Shuningdek, ushbu mavsumni ijara asosida "Red Bull Zalcburg" jamoasida yakunlaydi. Ayni damda futbolchi Manchesterda bo'lib turganini MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsher ham tasdiqlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports