MYU va "Liverpul" futbolchilarining akalarini tunab kyetishdi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 18:14
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markum Reshford va "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning akalarini restorandagi nonushta vaqtida tunab kyetishdi.

Deyn va Teylor Manchestyerdagi Karib oshxonasiga tashrif buyurgandi. Biroq o'sha vaqtda ularga bir guruh to'pponcha ko'targan jinoyatchilar mashinalarining kaliti, hamyonlari va qimmatbaho buyumlarini berishini talab qilishdi.

Ular o'zlarining narsalarini bergan bo'lishsa-da, jinoyatchilar ularni urib mayib qilishgan. Futbolchilarning akalari yuzlari ko'kargan va qonagan holda shahardagi kasalxonaga etkazilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports