MYU, "Tottenxem" va "Atletiko" klublari "Borussiya" o'yinchisi uchun kurashmoqda

Alisher
11 fev 2020
"Borussiya" (Myonxengladbax) xavbeki Denis Zakariya yozgi transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.

22 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Atletiko" klublari raqobatlashmoqda.

Xabar qilinishicha, Zakariyaning transferi klublarga 35 million evroga tushadi.

Shveytsariyalik o'yinchi joriy mavsum Bundesligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: AS