

"Bu odam 37 yoshda. Bazida inson o'z egoizmini bir chetga surib qo'yishi kerak. Bitta faktni tushun - sen avvalgidek zo'r o'ynamayapsan, asosiy tarkibdan joy nasib qilmayapti, ammo Pirs Morgan oldiga borib, klub haqida bir nimalar deyapsan.
Bu yoqimsiz voqea. Ushbu ishlardan so'ng Ronaldu qoldirgan meros soya ostida qolib ketadi va faqat MYUdagina emas. Shunchaki haqiqatni qabul qil, ortiqcha gapirish shart emas. O'ylashimcha, bu uning "Yunayted"dagi so'nggi so'zlari" - deydi Foster.



