MYU Pereyrani "Fulxem"ga sotadi

Aziz Tukhtamuradov
6 iyul 2022
"Manchester Yunayted" futbolchisi Andreas Pereyra "Fulxem"ga o'tadi.

Futbolchining transfer summasi 13 million funtni tashkil etadi. Pulning 10 millioni transferdan so'ng to'lab beriladi, qolgan 3 millioni esa bonus sifatida beriladi. 

Klublar transfer borasida o'tgan hafta kelishib olishgandi. Endilikda "Fulxem" futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishdi. Shartnoma uch yilga tuziladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano