MYU o'yinchilarni ruhlantirish uchun klub bazasiga Tayson Fyurini taklif etdi

Alisher
27 fev 2020
Britaniyalik og'ir vaznli bokschi Tayson Fyuri "Manchester Yunayted"ning Karringtondagi bazasiga tashrif buyurdi.

Eslatib o'tamiz, Fyuri 22 fevralda amerikalik Deontey Uaylderni mag'lub etgan holda og'ir vazn toifasida WBC unvonini qo'lga kiritdi.

MYU rahbariyati shundan so'ng sportchini o'yinchilar bilan gaplashish va ruhlantirish uchun klubga taklif etdi.

Takidlash kerakki, 31 yoshli Fyuri "qizil iblislar"ning muxlisi sanaladi.

"Manchester Yunayted" hozirda APLda 27ta o'yinda 41 ochko jamg'argan holda jadvalning 5-o'rnida bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Metro