MYU Menjini "Birmingem"ga ijaraga berib yubordi. 19 yoshli himoyachi joriy mavsumda 1ta o'yinda maydonga tushdi

Alisher
5 yanv 2022
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachi Teden Menjining "Birmingem"ga ijara asosida o'tganini e'lon qildi.

19 yoshli Angliya yoshlar terma jamoasi o'yinchisi Chempionship klubida 2021/22 yilgi mavsumning so'nggiga qadar harakat qiladi.

Menji joriy mavsum MYU tarkibida faqatgina bitta o'yinda maydonga tushdi - Chempionlar Ligasi doirasidagi "Yang Boyz"ga qarshi 29 daqiqa.

Himoyachi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Derbi"da ijara asosida o'tkazgan edi.


AlisherMuallif
Manba: manutd.com