MYU, "Lester" va "Everton" "Aberdin"ning 18 yoshli himoyachisini kuzatmoqda

Alisher
16 okt 2021
"Aberdin" himoyachisi Kelvin Remzi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

18 yoshli shotlandiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted", "Lester" va "Everton" qiziqishmoqda. O'yinchi uchun shuningdek "Norvich" ham davogarlik qilmoqda.

Remzi joriy mavsum "Aberdin" tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 200 ming evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Sun