MYU Jekoni sotib olish istagida

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2023
"Manchester Yunayted" "Inter" hujumchisi, Bosniya va Gertsegovina sardori Edin Jekoga qiziqmoqda.

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klub yaqin vaqt ichida futbolchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Avvalroq unga "Roma" ham qiziqayotgandi.

Jeko "Inter" safida 2021 yilning yozidan buyon to'p tepib keladi. 36 yoshli bosniyalikning amaldagi shartnoma muddati 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 

Transfermarkt portali futbolchini 4 million evroga baholamoqda. Jeko joriy mavsum "Inter" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail