MYU G'ulomni sotib olishga tayyor

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018
"Napoli" himoyachisi Fauzi G'ulom faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" uni xarid qilish niyatida. Mankunianlar futbolchining shartnomasidagi 60 mln. evro tovon pulini to'lab, G'ulomni xarid qilmoqchi. Agar MYU tovon pulini to'lasa, klub faqat futbolchi bilan kelishib olishi kerak bo'ladi.

Fauzi G'ulom joriy mavsum A Seriyaning 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport