MYU fransiyalik hujumchi uchun 45 million funtdan voz kechishga tayyor

Alisher
1 noya 2019
"Lion" forvardi Mussa Dembele "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasigi tushib qoldi.

23 yoshli fransiyalik o'yinchi qishki transferlar oynasida "qizil iblislar" tarkibiga o'tishi mumkin.

"Manchester Yunayted" rahbariyati forvard uchun 45 million funt to'lashga tayyor turibdi.

Dembele joriy mavsum Fransiya chempionatida 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Dembele faoliyatini "Fulxem"da boshlagan va aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2016-2018 yillar davomida "Seltik"da o'ynaganidan so'ng "Lion" safiga ko'chib o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Express