MYU darvozaboni "Bayer"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023
Leverkuzenning "Bayer" klubi "Manchester Yunayted" darvozaboni Matey Kovarj bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Kovarj "Bayer" bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.

23 yoshli darvozabon 2022/23 yilgi mavsumni ijara asosida Praganing "Sparta" klubida o'tkazgan va Chexiya chempioniga aylangandi. Kovarj chempionatda 28 ta o'yin o'tkazib, 10 tasida gol o'tkazib yubormadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bayer04.de