MYU 2 mlrd funt evaziga 100 000 o'rinli yangi stadion qurilishini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
11 mar 2025
MYU yangi stadion qurilishini anons qildi.

Klub "Old Trafford" hududini rekonstrukciya qilish loyihasi doirasida 100 ming tomoshabinga mo'ljallangan arena qurish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Seshanba kuni Foster + Partners arxitektura guruhi bo'lajak stadion va unga tutash hududning konceptual tasvirlarini taqdim etdi.

Yangi stadion Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga 7,3 milliard funt keltirishi, qo'shimcha 92 ming ish o'rni yaratish va 17 ming yangi uy-joy qurish imkonini berishi kutilmoqda.

Qurilish qiymati taxminan 2 milliard funt sterlingga baholanmoqda.

Foster + Partners rahbari, arxitektor lord Norman Foster qurilishni 5 yil ichida yakunlashni rejalashtirayotganini aytdi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: x.com/ManUtd