

Mavsum avvalida samarqandliklar tarkibiga borib qo'shilgan Muzaffar Muzaffarov jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.
Markaziy yarim himoyachi chempionatning birinchi yarmida 10ta uchrashuvda ishtirok etdi. Endilikda Muzaffarov erkin agentga aylandi.
Futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda yaqin orada yangi klubi nomi aniq bo'lishini aytib batafsil ma'lumot berishni istamadi.



