Muxlislar sabab Kosovo terma jamoasi o'yinni tugatmay, maydonni tark etdi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024
Kosovo terma jamoasi futbolchilari Ruminiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsi vaqtida maydonni tark etishdi.

Voqea asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalar paytida sodir bo'ldi.

Kosovo futbolchilari ruminiyalik muxlislarning o'zini tutishidan norozi ekanliklarini aytishdi. Tribunalarda Serbiya bayrog'i ko'rindi. Jurnalist Arlind Sadikuning ma'lum qilishicha, Kosovo va Ruminiya terma jamoasi futbolchilari o'rtasidagi janjaldan so'ng muxlislar "Serbiya, Serbiya!" deb baqirib, maydonga buyumlar ota boshlashdi.

O'yinni to'xtatishdi. Bahsda hali hisob ochilmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kosovo Football