Mutko: "Usmonov Kapello maoshining birinchi qismini to'lashda yordam berdi"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2015
Rossiya Federatsiyasi sport ishlari vaziri Vitaliy Mutko RFSga ko'rsatgan moliyaviy yordami uchun Alisher Usmonovga minnatdorchilik bildirdi.

"Biz o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildik va bu mavzuni yopishni taklif qilaman. Og'ir damda yordam bergan va shartnomani bekor qilishda Kapello maoshining birinchi qismini to'lashda ko'maklashgan Alisher Burxanovich Usmonovga minnatdorchilik bildirmoqchiman" - deydi Vitaliy Mutko.

Oldinroq Usmonovning o'zi Kapelloning shartnomasiga aloqasi yo'qligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com