Mutaxassis fikri - "Dinamo"dan so'ng "Paxtakor" oldida yana jiddiy sinov, "Nasaf" legionerlari o'zini ko'rsatish vaqti keldi"

Iskandarov Abdulaziz
5 avg 2023
Bugun Superliganing 15-turi doirasida bir nechta uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Ular orasida shubhasiz barchaning e'tibori Toshkentdagi "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuviga qaratiladi. Turnir jadvali tomonidan ham, boz ustiga "Paxtakor"ning kubokdan chiqib ketishi, "Neftchi"ning hali mag'lubiyatga uchramagani kabi omillar mazkur bahsni kuzatishga arziydi. Shuningdek, bugungi kun doirasida Yaypanda "Turon" - "Nasaf", "Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvlari ham o'rin olgan. Mazkur qarama-qarshiliklar oldidan mutaxassis fikri ruknida Abdumajit Toirovning fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz. 

- "Paxtakor" - "Neftchi" turning markaziy va muhim o'yini. "Paxtakor" favorit. Lekin "Neftchi" o'yin tempini va o'yinni to'psiz nazorat qila oladigan jamoa. Farg'onaliklar ko'proq himoyaga e'tibor berib o'ynaydi va "Paxtakor" himoyasidagi bo'sh zonalardan foydalanishga harakat qiladi, deb o'ylayman. O'yin natijasini taxmin qilish qiyin, katta ehtimol bilan durang bo'lsa kerak. 

- "Turon" - "Nasaf" uchrashuvida katta ustunlik mehmonlarda bo'ladi. O'yin, tarkib jihatdan ham "Turon"dan ancha kuchli. Yaypanliklar Buxorodagi g'alaba omadli tasodif ekanligini biladi. Ular uchun bugun 1 ochko ham g'alabaga teng. "Nasaf"da legionerlar o'zini ko'rsatish vaqti keldi. 

- "Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvida ustunlik mezbonlar tomonida. "Turon" bilan o'yinda ko'rdikki, "Buxoro" futbolchilari o'yin davomida o'yin tempini oshirib burilish yasashga qodir. Ozgina tezroq harakat qilganida balki g'alaba qozonib ketardi. "Qizilqum"da esa aksincha. "Navbahor" bilan maksimal darajada harakat qilgan bo'lsada natijaga erisha olmadi. "Navbahor" shu kuni 60 foiz kuch sarflab raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Ruhiy jihatdan Bakaev shogirdlari yaxshi holatda. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar