

Ma'lum bo'lishicha, agar Premer-liga ishtirokchisi ushbu mavsumda quyi ligaga tushib ketmasa, futbolchini qo'lga kiritish uchun katta imkoniyatga ega. Dembelening francuz klubi bilan amaldagi shartnomasi yozda yakun topishini inobatga olsak, ingliz klubi futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin.
26 yoshli o'yinchi, shuningdek, "Sautgempton" tomonidan xam kuzatuvga olingan. Klub Dembele bilan kelishuvga erishish uchun kurashda ortda qolayotgani aytilmoqda.
Mussa Dembele joriy mavsum 20 ta o'yinda qatnashdi va 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



