Muslera o'yin paytida jiddiy jarohat oldi. U shoshilinch tarzda shifoxonaga etkazildi

Alisher
15 iyun 2020, 13:07
"Galatasaroy" darvozaboni Fernando Muslera Turkiya chempionati 27-turi doirasidagi "Rizespor"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.

Darvozabon o'yinning 15-daqiqasida "Rizespor" futbolchisi Milan Shkoda bilan to'qnashib ketdi. Natijada "Galatasaroy" futbolchisi oyog'ining ikki qismi sindi. Muslera zanbilda maydondan olib chiqib ketildi va zudlik bilan shifoxonaga etkazildi. Futbolchining 9 oyga safdan chiqqan aytilmoqda.

12 iyundan boshlab Turkiyadagi barcha professional ligalar davom ettirilmoqda. Hozircha turnir jadvalini 53 ochko bilan "Trabzonspor" boshqarmoqda.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia