Murod Xolmuhammedov - may oyining eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017, 12:20
championat.asia talqiniga may oyining eng yaxshi futbolchisi deb "Qo'qon-1912" himoyachisi Murod Xolmuhammedov tan olindi.

"Qo'qon-1912" oldingi oyda oliy ligada umuman mag'lubiyatga uchragani yo'q (1ta g'alaba va 3ta durang). Jamoa himoyachisi Murod Xolmuhammedovning qo'qonliklarning ijobiy natijalar qo'lga kiritishida xissasi katta bo'ldi. Tajribali futbolchi himoya markazida raqiblarning hujumlarini qaytarishda va kezi kelganda hujumlarga o'tib gollar urishga erishdi.

Xolmuhammedov "Navbahor" bilan o'yinda so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urib jamoasiga bir ochko taqdim etgandi. "Buxoro" bilan uchrashuvda esa uning urgan goli yakunda jamosiga g'alaba keltirdi. 

May oyida oliy ligada Marat Bikmaev "Lokomotiv", Javohir Sidiqov "Qo'qon-1912", Xurshid Xodjaev "Olmaliq" va Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv" kabi futbolchilar ham laureat bo'lishga loyiq o'yin namoyish etishdi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida oliy ligada "Qo'qon-1912" hujumchisi Filip Rayevac, aprel oyida "Lokomotiv" vakili Marat Bikmaev eng yaxshi deb tan olingandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia