Murabbiylar, hakamlar va O'FF xodimlari attestaciyadan o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
23 noya 2017
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federatsiya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida O'zbekistondagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federatsiyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishini ma'lum qiladi.

Attestaciya davomida murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlarining kasbiy mahorati, bilimi, jismoniy holati maxsus tuzilgan komissiya a'zolari tomonidan sinovdan o'tkaziladi.

Attestaciyadan muvaffaqiyatli o'tgan xodimlar o'z faoliyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Attestaciyadan o'tolmagan murabbiy, hakamlar va federatsiya xodimlariga faoliyatlarini davom ettirishga ruxsat berilmaydi.


Bu kabi chora-tadbirlardan maqsad O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi xodimlarning mahoratlarini oshirish, ularning o'z ustilarida ishlashga yo'nalish berishdan iborat.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com