Mundialga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 Venesuela bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2025
Qatardagi U-17 jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun o'rtoqlik o'yinida Venesuela bilan kuch sinashdi.

O'rtoqlik o'yini, 20 oktyabr

O'zbekiston U-17 - Venesuela U-17 1:1

Gollar: Nurbek Sarsenbaev 86 - David Garsiya 29.

O'zbekiston U-17: Shokirov, Hakimov, Bahodirxonov, Xabibullaev, Ergashev, Erimbetov, Hasanov, Aliev, Saidmurodov, Sodiqov, Anvarov.

Zaxira: Rustamjonov, Isbaskanov, Yusufboev, Abdukarimov, Sarsenbaev, Rustamov, Muradov, Turg'unov, Musaxanov, Saidov, Abdumo'minov, Shukurullaev.


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi mundialdan avval yana ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

O'zbekiston – Kot-d'Ivuar

23 oktyabr

"Al Hamriya" stadioni


O'zbekiston – Burkina-Faso

29 oktyabr

"Al Hamriya" stadioni


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz