

- O'zbekiston OTJ ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Birinchi va ikkinchi o'yinlarda bizga ozgina omad yetishmadi. Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikning asosiy sababi shu. Qolgan barchasi joyida edi. Zaxirada qolib ketganimga kelsak, bu murabbiylar shtabining qarori. Barcha futbolchilar istalgan vaqtda maydonga tushib yordam berishga shay edi. Hayot davom etadi. Buyog'iga bor e'tiborni "Neftchi"dagi faoliyatimga qarataman. Yangi mavsumda "Neftchi" bilan yuqori maqsadlar uchun kurashamiz. Menga boshqa jamoalardan ham takliflar bo'ldi. Biroq sevimli jamoamni almashtirgim kelmadi.




