Muhsin Muhammadiev: "Ikki kun oldin havo salqin edi, bugun yana isib ketdi"

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2019, 23:09
Buxoroda bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Navbahor" bahsida hisob ochilmadi.

O'yindan keyin buxoroliklar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadievning fikrlari quyidagicha bo'ldi:

- Juda qiyin bahs kechdi. Havo ham ancha dim bo'ldi. Bunday havoda yugurish oson emas. Ikki kun oldin mana shunaqa payt havo salqin edi, lekin bugun yana isib ketdi. Bu ham ta’sir qildi baribir. Muxlislarga ham oson bo'lmadi. Biz yutishni juda xohlagandik, ammo ozgina omad kelmadi. Bizga vaziyatlarni gol bilan yakunlash uchun nimadir yetishmayapti. Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz.

- Durang sizni qoniqtirdimi?

- Endi uyda o'ynagandan keyin g'alabadan umid qilgandik. "Navbahor" - kuchli jamoa, lekin bizga uch ochko kerak edi. Endi bor umid keyingi bahslardan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia