Muhammadali O'rinboev: "Paxtakor" – chempion jamoa. Shunday ekan, Kubokda oxirigacha kurashamiz"

Iskandarov Abdulaziz
10 apr 2025
"Paxtakor" yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev O'zbekiston Kubogi doirasida o'tkazilgan OKMKga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Og'ir o'yin o'tdi deb hisoblayman. Kubok o'yinini Superligadan hech qanday farqi yo'q. Bu g'alaba bilan Superligadagi mag'lubiyatni yuvib ketdik deya olaman. Bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ayni kerakli g'alaba bo'ldi. O'zimizga kelib olishimiz uchun zarur edi. Hujumkor o'ynadik va g'alabaga loyiq edik. 

"Paxtakor" chempion jamoa. Kubokda ham oxirigacha kurashamiz",- deydi Muhammadali O'rinboev.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia